Nunes APLga qaytishi mumkin

«Al-Hilol» hujumchisi Darvin Nunes yana Angliya Premer-ligasiga qaytishi kutilmoqda. Football Insider bergan ma'lumotlarga ko'ra, ushbu yozda urugvaylik futbolchini o'z safiga qo'shib olishga «Chelsi» jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Nunesning o'zi ham Saudiya Arabistonini tark etish yo'llarini faol izlamoqda. Bunga klub tomonidan Karim Benzema bilan shartnoma imzolanganidan so'ng, Darvinning asosiy tarkibdan chiqarib yuborilgani sabab bo'lgan.
Eslatib o'tamiz, Darvin Nunes 2025 yilda «Liverpul»dan «Al-Hilol»ga 53 million evro evaziga o'tgan edi. Uning amaldagi shartnomasi 2028 yilning 30 iyunigacha mo'ljallangan.
Joriy mavsumda hujumchi saudiyaliklar safida barcha musobaqalarda 24 ta o'yinda maydonga tushib, 9 ta gol va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali futbolchining ayni damdagi qiymatini 25 million evroga baholamoqda.