Nukuslik 11 yoshli Jahongir Sodiqov FIFA jahon chempionati — FIFA World Cup 2026 doirasida O'zbekiston va Portugaliya terma jamoalari o'rtasidagi o'yin oldidan rasmiy to'pni maydonga olib chiqdi.

Uchrashuv 23 iyun kuni Hyustonda bo'lib o'tdi. O'yin boshlanishidan oldin Jahongir FIFA rasmiy o'yin to'pi bilan maydonga chiqdi. U mazkur marosimda qatnashish imkoniyatiga Kia x FIFA World Cup 2026 bolalar tanlovida g'olib chiqqani sababli ega bo'lgandi.

Kia Uzbekistan bildirilishicha, Jahongirning marosimda ishtiroki kompaniyaning FIFA World Cup 2026 bilan hamkorlik doirasidagi tashabbusining bir qismi hisoblanadi.

Portugaliyaga qarshi o'yin o'zbek muxlislari uchun tarixiy ahamiyatga ega bo'ldi, chunki O'zbekiston terma jamoasi AQSh maydonlarida bo'lib o'tadigan uchrashuvini boshladi. Birinchi o'yin Meksika maydonlarida bo'lib o'tgandi.

Manba: Stadion.uz