Noyerning JCh-2026dagi ishtiroki tibbiy tekshiruvdan keyin hal bo'ladi

Manuel Noyer "Bavariya" jamoasi mashg'ulotlarida ishtirok etmayapti. Bu haqda Bild nashri xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, 40 yoshli darvozabon Bundesliga doirasida "Kyoln"ga qarshi o'yindan (5:1) keyin chap boldir mushaklarida muammoga duch kelgan.
«Kecha Noyer jamoa bilan mashg'ulot o'tkazmadi, bugun ham u mashg'ulotni o'tkazib yuboradi. Ertaga u boldir mushaklarini tekshiruvdan o'tkazadi. Natijalarga qarab, u shanba kuni bo'ladigan Germaniya kubogi finali oldidan maydonga qaytish-qaytmasligi hal qilinadi. Shuningdek, uning JCh-2026dagi ishtiroki ham ushbu tekshiruv natijalariga bog'liq», — deyiladi xabarda.
Manba: sport24.ru