Noyer Kyurasaoga qarshi o'yinda maydonga tushadi

Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann darvozabon Manuel Noyer terma jamoaning boshlang'ich tarkibiga qaytishini tasdiqladi. Jarohati sababli oxirgi vaqtlarda maydonga tusha olmagan jamoa faxriysi Jahon chempionatining 1-turidan o'rin olgan Kyurasaoga qarshi uchrashuvda safga qaytadi.
40 yoshli Noyersiz Germaniya terma jamoasi 2 ta o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazib, Finlyandiyani tor-mor etdi (4:0) va AQSh ustidan g'alaba qozondi (2:1).
«Manu kelasi haftadan mashg'ulotlarni boshlaydi va Kyurasaoga qarshi o'yinda maydonga tushadi», — dedi Nagelsmann RTLga bergan intervyusida.
Germaniyalik murabbiy Noyerning o'rinbosari Oliver Baumanni ham alohida maqtab o'tdi: «Oliverga katta rahmat aytmoqchiman. U ajoyib yigit. So'nggi kunlar va haftalarda u o'zini butunlay jamoa manfaatlariga bag'ishladi».
Germaniya terma jamoasi guruh bosqichida Kyurasaodan tashqari, Ekvador va Kot-d'Ivuar vakillariga qarshi ham bahs olib boradi.