Noyer Keynning kuchli tomonlarini ta'kidladi

"Bavariya" darvozaboni Manuel Noyer jamoaning hujumchisi Xarri Keyn haqidagi taassurotlari bilan o'rtoqlashdi. Hujumchi 2023 yilda klubga qo'shilgan. Noyer Keynni dunyoning eng kuchli hujumchilaridan biri deb hisoblaydi.
"Xarri - faoliyatimda ko'rgan eng kuchli hujumchilardan biri. U raqib darvozasi oldida ajoyib gol instinktiga ega, u tanasining istalgan qismi bilan gol ura oladi va har doim nishon qaerda ekanligini aniq biladi. U zarba berish uchun qulay vaziyatni tanlay oladi, havoda ishonchli o'ynaydi va jarima maydoni ichida ham, uning tashqarisida ham maydonni a'lo darajada ko'ra oladi. U himoyada jamoaga yordam beradi va kerak bo'lganda ortga qaytadi. Unda hujumchi uchun kerakli hamma narsa bor va u biz bilan ekanidan xursandmiz," - dedi Noyer Sky Sport nashriga bergan intervyusida.
Keyn Myunxen klubi safida 116 ta o'yinda maydonga tushgan. Hujumchi 109 ta gol urdi.