Noyer darvozabonlar o'rtasida JChdagi o'yinlar soni bo'yicha mutlaq rekordchiga aylandi

Manuel Noyer Jahon chempionatlaridagi o'zining 21-uchrashuvini o'tkazdi — bu darvozabonlar o'rtasidagi mutlaq rekorddir.
Germaniya terma jamoasining 40 yoshli posboni JCh-2026 guruh bosqichi 2-turidan o'rin olgan Kot-d’Ivuarga qarshi o'yinni boshlang'ich tarkibda boshladi.
Shu tariqa, Noyer Jahon chempionatlarida 20 ta o'yin o'tkazgan Frantsiya terma jamoasi sobiq darvozaboni Ugo Lorisni ortda qoldirib, ushbu ko'rsatkich bo'yicha yagona peshqadamga aylandi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar