Manuel Noyer "Borussiya" va "Shtutgart" safida o'ynagan Ayke Immel bilan tenglashib oldi va Bundesliga tarixidagi eng ko'p o'yin o'tkazgan darvozabonlar orasida ikkinchi o'ringa ko'tarildi.

"Bavariya" posboni Germaniya chempionatida 534-o'yinini o'tkazmoqda.

Myunxenliklar 12-turda "Sankt-Pauli"ni (1:1, ikkinchi bo'lim) qabul qilmoqda.

Bundesligada faqat "Bavariya"ning sobiq darvozaboni Oliver Kan ko'proq o'yin o'tkazgan. Uning hisobida 557 ta o'yin bor.