Noyer "Bavariya" "PSJ"ni nimaning evaziga mag'lub etishi mumkinligini aytdi

Myunxenning "Bavariya" klubi darvozaboni Manuel Noyer nemis jamoasi Chempionlar ligasi doirasidagi "PSJ"ga qarshi o'yinda nima evaziga g'alaba qozonishi mumkinligini aytib o'tdi.
"Bavariya" va "PSJ" 4 noyabr kuni Frantsiya poytaxtida o'zaro to'qnash keladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da boshlanadi.
"Ikkala jamoa ham to'pga egalik qilishni yaxshi ko'radi va qarshi hujumlar uchun imkoniyatlar albatta bo'ladi. Biz yaxshi himoyalanishimiz va parijliklarga muammo tug'dirishimiz mumkin bo'lgan vaziyatlardan foydalanishimiz kerak," - deya Noyerning so'zlarini keltiradi UEFA matbuot xizmati.
"PSJ" va "Bavariya" 9 ochko bilan musobaqa jadvalida dastlabki ikki o'rinni egallab turibdi.