"Nottingem" ustozi shogirlaridan mamnun

"Nottingem Forest" ustozi Shon Daych "Utrext" ustidan qozonilgan g'alabadan keyin o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi. "O'rmonchilar" Evropa ligasida, mehmonda 2-1 hisobida zafar quchgan edi. O'yindan keyin ingliz mutaxassisi shunday deydi:
"Bugun yigitlar haqiqiy iroda namoyish etishdi. Masalan, Duglas Luis jarohatdan qaytgach, 2 kungina mashq qildi. Lekin asosiy tarkibda ajoyib o'ynab berdi. Zinchenko ham uzoq vaqtdan keyin maydonga tushgan edi.
Vaziyatga qarab, ularni tushirishga majbur bo'ldik. Chunki, jarohatlar bizni qiynamoqda. Murilyo ham bir haftacha shamollashdan aziyat chekdi. Lekin qanchalik og'ir bo'lmasin, shunday tanlov qilishimiz kerak edi".
Manba: newsnow.co.uk