"Nottingem Forest" qanot vingeri Dan Ndoye faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.

Xabarlarga ko'ra, 25 yoshli shveytsariyalik vingerga "Inter" qiziqish bildirmoqda.

"O'rmonchilar" futbolchisi uchun qishda hech qanday takliflarni ko'rib chiqmoqchi emas. U bo'yicha muzokaralar katta ehtimol yozda boshlanadi.

Ndoye transfermarkt portalida 40 millionga baholanmoqda. U joriy mavsumda 24 ta o'yinda 2 ta gol urib, 1 ta assist berdi.