"Nottingem Forest" "Inter"ning 26 yoshli markaziy yarim himoyachisi Davide Frattezi transferi bo'yicha muzokaralar olib bormoqda.

Italiya klubi xavbek uchun 35 million evro so'ramoqda.

Joriy mavsumda Frattezi A Seriyada 9ta o'yinda maydonga tushib, samarali harakat qilmadi. U maydonda o'rtacha 22 daqiqa vaqt o'tkazdi.