"Nottingem Forest" klubi "Monako"ga yarim himoyachi Sungutu Magassaning transferi bo'yicha taklif bilan chiqdi, deb xabar beradi Foot Mercato.

Manbaga ko'ra, ingliz klubi 21 yoshli frantsiyalik futbolchi uchun 17 million evro to'lashga tayyor. Transfermarkt portali futbolchining narxini 12 million evroga baholamoqda.

2024/25 yilgi mavsumda Magassa barcha musobaqalarda 31 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.