«Liverpul» yarim himoyachisi Kyortis Jons «Nottingem Forest»ning qiziqishlar doirasiga kirdi. Mersisayd klubi rahbariyati Vitor Pereyra jamoasidan bo'layotgan izchil qiziqishdan xabardor. «Nottingem» Elliot Andersonni «Manchester Siti»ga sotganidan so'ng maydon markazini kuchaytirish uchun nomzod qidirmoqda, deya xabar beradi jurnalist Ben Jeykobs o'zining X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida.

Avvalroq Jonsning transferi bo'yicha Milanning «Inter» klubi taklif bilan chiqqan edi, biroq ularning 21,5 million funtlik (24,9 million evro) so'rovi rad etilgan. «Liverpul» futbolchini 40 million funtga (46,4 million evro) baholamoqda. Agar so'ralgan mablag' taklif qilinmasa, klub yarim himoyachini o'z tarkibida saqlab qoladi.

Jonsning amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Shuningdek, «Nottingem Forest» muqobil variant sifatida o'z rahbariyatidan transferini so'ragan «Tottenxem» xavbeki Lukas Bergvall nomzodini ham ko'rib chiqmoqda.

Manba: Stadion.uz