"Nottingem Forest" hujumchisi Turkiyaga yo'l oladi

"Nottingem" hujumchisi Jota Silva faoliyatini "Beshiktosh"da davom ettiradi, deya xabar bermoqda insayder Fabritsio Romano.
Manbaning ta'kidlashicha, 26 yoshli futbolchi Turkiya jamoasiga ijara asosida o'tadi. Bitim 3 million evroni tashkil etadi va 17 million evroga sotib olish imkoniyatini o'z ichiga oladi, bu esa majburiy bo'lishi mumkin.
Silva 2024 yilning yozida "Nottingem" futbolchisiga aylangandi. 2024/25 yilgi mavsumda u barcha musobaqalarda 38 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Bu mavsumda forvard APLning bir o'yinida ishtirok etdi.
Silvaning ingliz klubi bilan shartnomasi 2028 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.