«Nottingem Forest» Glasnerni katta maosh bilan o'z tomoniga og'dirmoqchi

Avstriyalik mutaxassis Oliver Glasner «Nottingem Forest» klubi bosh murabbiyi etib tayinlanishga yaqin turibdi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar bermoqda.
Manbaning bergan ma'lumotiga ko'ra, 51 yoshli murabbiy uch yillik shartnoma imzolashi kutilmoqda va bu kelishuv uni klub tarixidagi eng ko'p maosh oluvchi murabbiyga aylantiradi. Shu bilan bir qatorda, Glasner APLning eng yuqori maosh oluvchi murabbiylari qatoridan joy oladi.
Ayni paytda Unai Emeri, Andoni Iraola, Entso Mareska va Roberto de Dzerbi yiliga 11 milliondan 14 million evrogacha maosh olishmoqda. Glasnerning maoshi esa bu ko'rsatkichdan faqat bir oz pastroq bo'ladi.
Avstriyalik mutaxassis «Kristal Pelas»dagi faoliyati davomida jamoa bilan 3 ta sovrin, jumladan, Angliya Kubogi va Konferentsiyalar Ligasini qo'lga kiritishga muvaffaq bo'lgan edi.
Agar ushbu tayinlov amalga oshsa, Glasner «o'rmonchilar»ning bir yil ichidagi beshinchi bosh murabbiyiga aylanadi. Bungacha jamoani Nunu Eshpiritu Santu, Ange Postekoglu, Shon Daych va Vitor Pereyra boshqargan edi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar