«Nottingem Forest» Glasnerni bosh murabbiy etib tayinladi

«Nottingem Forest» rasmiy saytida Oliver Glasner jamoa bosh murabbiyi etib tayinlanganini e'lon qildi. 50 yoshli avstriyalik mutaxassis ushbu lavozimda Vitor Pereyrani almashtirdi. Tomonlar o'rtasidagi shartnoma muddati oshkor qilinmayapti.
«Klub xo'jayini va rahbariyat bilan birinchi suhbatdan keyinoq ularda klub kelajagi borasida aniq qarash mavjudligi, shuningdek, men va shtabimga to'liq ishonch borligi ayon bo'ldi. Bu va amaldagi tarkibning salohiyati qaror qabul qilishimda asosiy omil bo'ldi», — dedi Glasner tayinlovdan so'ng.
Bundan avval Glasner «Kristal Pelas» bilan ishlagan va u erda 3 ta sovrin — Angliya Kubogi, Angliya Superkubogi hamda Konferentsiyalar Ligasini qo'lga kiritgan edi. Shuningdek, u «Ayntraxt» bilan Evropa Ligasida g'olib chiqqan.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar