"Nottingem Forest" David Karmani "Ovedo"ga ijaraga berdi.

26 yoshli portugaliyalik himoyachi faoliyatini Ispaniyada davom ettiradi.

O'tgan yilning avgust oyida ingliz klubi futbolchini "Portu"dan 11 million evroga sotib olgan edi. "Portu"ning o'zi 2022 yilda futbolchini "Braga"dan 20,3 million evroga sotib olgan edi.

Karmo "Nottingem"da birorta rasmiy o'yinda maydonga tushmagan, chunki u darhol Gretsiyaning "Olimpiakos" klubiga ijaraga berilgan.