Angliyaning “Nottingem Forest” klubi “Inter” yarim himoyachisi Davide Fratteziga bo'lgan qiziqishini saqlab turibdi va futbolchi bo'yicha taklif tayyorlamoqda. Bu haqda jurnalist Janluka di Martsioning sayti xabar bermoqda.

Manbaning ma'lum qilishicha, “o'rmonchilar” ushbu transfer uchun bonuslardan tashqari 25 million evro to'lashga tayyor. Italiya klubi esa o'z navbatida futbolchini taxminan 30 million evroga baholamoqda va moliyaviy talablarini kamaytirish niyatida emas.

Ingliz klubining Fratteziga bo'lgan qiziqishi barqaror bo'lib turibdi: bundan avvalroq “Nottingem” vakillari Milanda “Inter” sport direktori Pero Auzilio, shuningdek, futbolchining agenti bilan uchrashuv o'tkazishgan edi. Muzokaralar davom etmoqda, biroq ehtimoliy transfer bo'yicha yakuniy qaror hali qabul qilinmagan.