"Nottingem Forest" "Botafogo" darvozabonini sotib oldi

Jon Viktor "Nottingem Forest"ga o'tdi.
Ingliz klubi darvozabon bilan 3 yillik shartnoma imzolaganini ma'lum qildi.
Jurnalist Ben Jeykobsning yozishicha, braziliyalik futbolchiga "Vest Xem" ham da'vogarlik qilgan, londonliklar hatto 10 mln evrolik transferga ham kelishgan, ammo keyin fikridan qaytgan.
Jon Viktor 2025 yilda Braziliya oliy ligasida 17 ta o'yin o'tkazib, 11 ta gol o'tkazib yuborgan.