Braziliya terma jamoasi Jahon chempionati–2026 1/8 final uchrashuvida Norvegiyadan mag'lubiyatga uchradi (1:2).

Optaning 1966 yildan beri yuritib kelinayotgan ma'lumotlariga ko'ra, Braziliya jahon chempionatlari tarixida to'p nazorati bo'yicha o'z antirekordini qayd etdi — 34 foiz. Bundan avvalgi eng past ko'rsatkich 1998 yilgi mundialda Niderlandiyaga qarshi kechgan bahsda kuzatilgan bo'lib, o'shanda braziliyaliklar 40 foiz to'p nazoratiga ega bo'lishgandi.

Taqqoslash uchun, JCh-2026 1/16 finali doirasida Yaponiyaga qarshi o'tgan o'yinda (2:1) Braziliya 69 foiz vaqt davomida to'pga egalik qilgan edi.

Manba: Stadion.uz