Norvegiya termasi ustozi jamoa sardori haqida fikr bildirdi

"Arsenal" sardori Martin Edegor maydonga qaytishga yaqin turibdi. Norvegiya terma jamoasi bosh murabbiyi Stale Solbakken 27 yoshli yarim himoyachining holati haqida fikr bildirdi.
U shunday deydi: "Edegor Osloga uchib keladi. Keyin esa u biz bilan tiklanish ishlarini davom ettiradi. Umid qilamanki, u Milanga ham biz bilan boradi".
Oldinroq Martin Edegor maydonga tushmasa ham, Norvegiya terma jamoasi o'yinlarida qatnashishi haqida xabar qilingan edi.