Norvegiya terma jamoasining JCh-2026 uchun qaydnomasi e'lon qilindi: Edegor va Xoland ro'yxatda

Norvegiya milliy jamoasi murabbiylar shtabi 2026 yilgi jahon chempionatida ishtirok etadigan jamoa tarkibini e'lon qildi.
Darvozabonlar: Eryan Xoshold Nyuland, Egil Selvik, Sander Tangvik.
Himoyachilar: Kristoffer Vassbakk Aer, Fredrik Andre Byorkan, Sondre Langos, Torbyorn Lyusaker Xeggem, Leo Skiri Estigor, Yulian Ryuerson, David Myoller Volfe.
Yarim himoyachilar: Markus Xolmgren Pedersen, Martin Edegor, Patrik Berg, Telo Osgor, Sander Gard Bolin Berge, Oskar Bobb, Yens Petter Xyouge.
Hujumchilar: Erling Xoland, Aleksandr Syorlot, Yyorgen Strann Larsen.
Norvegiya milliy jamoasi FIFA reytingida 31-o'rinni egallab turibdi. JCh-2026da jamoa "I" guruhida Frantsiya, Senegal va Iroq milliy jamoasi bilan kuch sinashadi.
Manba: championat.com