Norvegiya terma jamoasi g'alabali seriyasini uzaytirdi.

Jamoa JCh-2026 saralashida Isroilni 5:0 hisobida mag'lub etdi.

Norvegiyaliklar o'tgan yilning oktyabr oyidan beri barcha musobaqalarda mag'lub bo'lishmayapti. Shundan so'ng 9 ta o'yinda umumiy 39:4 hisobi qayd etildi.

Norvegiya jahon chempionati saralashida 6 o'yinda 18 ochko to'plagan holda I guruhda peshqadamlik qilmoqda. Eng yaqin raqobatchilar - Italiya va Isroil 9 ballga ortda qolmoqda. Italiyaliklarda ikki o'yin kam.

14 oktyabr kuni norvegiyaliklar Yangi Zelandiya bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazadi.