Bugun, 31 mart kuni Norvegiya va Shveytsariya terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi bo'lib o'tdi. Oslo shahridagi «Ullevol» stadionida o'tkazilgan bahsda hisob ochilmadi — 0:0.

Uchrashuv davomida har ikki jamoa ham gol urish uchun imkoniyatlarga ega bo'ldi, ammo yakunda darvozalar daxlsiz saqlanib qoldi.

Ma'lumot uchun, ushbu jamoalar oxirgi bor 2014 yilgi Jahon chempionati saralashida o'zaro to'qnash kelgan. Birinchi o'yin 1:1 hisobida yakunlangan bo'lsa, ikkinchi bahsda Shveytsariya g'alaba qozongan.

Avvalgi o'rtoqlik o'yinlarida Norvegiya Niderlandiyaga (1:2), Shveytsariya esa Germaniyaga (3:4) mag'lub bo'lgandi.

Norvegiya o'zining keyingi o'rtoqlik uchrashuvini 1 iyun kuni Shvetsiyaga qarshi, yana Oslo shahrida o'tkazadi.

Manba: stadion.uz