Italiya terma jamoasi JCh-2026 saralashi doirasida o'z maydonida Norvegiyaga yutqazib qo'ydi - 1:4.

Mezbonlar safida yagona golga hujumchi Franchesko Espozito mualliflik qilgan bo'lsa, mehmonlar safida hujumchilar Erling Xoland (dubl), Antonio Nusa va Yorgen Strand Larsen o'z hisobiga gol yozdirib qo'ydi.

Italiya I guruh jadvalida ikkinchi o'rinni egalladi (8 o'yindan keyin 18 ochko) va pley-offda o'ynaydi. Norvegiya birinchi o'rinni egalladi (8 o'yindan so'ng 24 ochko).

Manba: www.stadion.uz.