Nodirbek Abdusattorov «London Chess Classic» musobaqasi g'olibiga aylandi

Angliyadagi «London Chess Classic» turnirida bugun 8-tur o'yinlari o'tkazilmoqda. O'zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov tur doirasida frantsiyalik Alirizo Firuzjaga qarshi qora donalarda o'ynadi.
Bahsning 20-yurishiga kelib raqib vaqt borasida tseytnotga tushib qoldi va kichik xatolarga yo'l qo'ya boshladi. Nodirbek esa kichik ustunlikni qo'lga kiritib, hujumga o'tdi. Alirizo bor kuchini himoyaga qaratdi. 32-36-yurishlar oralig'ida hamyurtimiz raqibga 3 marta Shoh bergan bo'lsa, Firuzja majburiy yurishlarni amalga oshirdi. Natijada tomonlar bir yurishni 3 marta takrorlab, durangga imzo chekishdi.
Ushbu durang evaziga hamyurtimizning ochkolari 7 taga etdi va musobaqa yakunlanishiga bir tur qolganida Nodirbek g'oliblikni qo'lga kiritdi.