Nkunku Saudiya Arabistoni klublariga javob berdi

Frantsiyalik hujumchi Kristofer Nkunku Saudiya Arabistoni chempionati klublari orasida xaridorgir. Bu haqda jurnalist Antonio Vitello xabar bermoqda.
Manbaning ma'lum qilishicha, hujumchiga bir nechta takliflar bo'lgan, biroq u rad javobini bergan. Ayni damda frantsuz Yaqin Sharqdagi transferga qiziqish bildirmayapti. Kristofer faoliyatini milanliklar safida davom ettirmoqchi.
Nkunkuning transfer narxi 32 million evroni tashkil etadi. U "rossonerilar" bilan 2030 yilning yarmigacha mo'ljallangan shartnomaga ega.
Hujumchi joriy mavsum "Milan" safida 14 ta bahsda maydonga tushib, 1 ta gol va 2 ta golli uzatma muallifi bo'ldi.