"Chelsi" hujumchisi Kristofer Nkunku "Milan"ga o'tishni yakunlamoqda. Frantsuz Italiyaga uchib keldi, u erda ertalab tibbiy ko'rikdan o'tadi, shundan so'ng "rossonerilar" bilan shartnoma imzolaydi, deb xabar beradi jurnalist Rudi Galetti.

27 yoshli futbolchining transferi italyan klubiga 37 mln evroga tushadi, yana 5 mln evro bonus tariqasida beriladi. Shuningdek, londonliklar forvardning kelajakdagi qayta sotuvidan foiz oladi.

Kristofer Nkunku ikki yil davomida "Chelsi" sharafini himoya qilgan. Futbolchi barcha musobaqalarda ingliz jamoasi safida 62 ta o'yinda 18 ta gol urgan va beshta golli uzatmani amalga oshirgan.