Insayder Janluka Di Marcioning xabariga ko'ra, hujumchi "Leyptsig"ga transferga rozilik bergan. U to'rt mavsum davomida o'ynagan jamoasiga "quvonch bilan" o'tadi. 

"Milan" va "Leyptsig" hozirda kelishuv tafsilotlarini muhokama qilmoqda. Bundesliga klubi fransiyalik futbolchini bonuslarni hisobga olgan holda 33-35 million evroga sotib olish imkoniyati bilan ijaraga olmoqchi. 

Shu bilan birga, Angliya klublari, jumladan "Nyukasl" ham Nkunkaga da'vogarlik qilmoqda. Kristofer "Leyptsig"ni afzal ko'radi.