Italiyaning «Milan» klubi frantsuz hujumchisi Kristofer Nkunku jarohat oldi, shu sababli uning yangi mavsumga tayyorgarlik jarayoniga putur etdi. U 25 iyul kuni «Seltik»ka qarshi bo'lib o'tadigan o'rtoqlik o'yinida maydonga tusha olmasligi aniq. Biroq «Milan»ning yangi a'zolari — Mario Xila va Gonsalu Ramush ushbu bahsda ishtirok etishlari mumkin.

Eslatib o'tamiz, Kristofer Nkunku bir yil avval Londonning «Chelsi» klubidan 35 million evro evaziga sotib olingan edi. Ammo uning moslashuv jarayoni bir necha oyga cho'zilib ketdi va u faqat mavsum o'rtalariga kelibgina mazmunli o'yin ko'rsata boshladi. O'tgan chempionatni «Milan» A Seriyada faqatgina beshinchi o'rinda yakunladi.

Manba: Stadion.uz