«Nitstsa» Frantsiya chempionatida o'z o'rnini saqlab qoldi

«Nitstsa» o'z maydonida «Sent-Eten»ni yirik hisobda mag'lubiyatga uchratdi (4:1). Ushbu o'yin Frantsiya chempionatida qolish uchun kechgan ikkinchi o'tish o'yini edi.
Jamoalar o'rtasidagi birinchi uchrashuv 0:0 hisobida yakunlangandi. Shu tariqa, «Nitstsa» Frantsiya oliy divizionidagi o'rnini saqlab qoldi.
Eslatib o'tamiz, «Nitstsa» chempionat yakunlariga ko'ra Liga 1da 16-o'rinni egallagan bo'lsa, «Sent-Eten» Liga 2da 3-o'rinni band etgandi.