Frantsiya 1-ligasining “Nitstsa” klubi amaldagi bosh murabbiyi Frank Ez bilan yangi uzoq muddatli shartnoma imzoladi.

Kelishuv keyingi to'rt yilga mo'ljallangan - 2029 yilning yoziga qadar. Eslatib o'tamiz, frantsiyalik murabbiy bungacha bir mavsumni "Nitstsa"da o'tkazgan.

Ilgari u "Loryan" va "Lans" jamoalariga murabbiylik qilgan. Ez boshchiligida “Nitstsa” o'tgan yili Frantsiya chempionati jadvalida to'rtinchi o'rinni egallab, evrokuboklarga yo'llanma oldi.