Nima uchun Leau «Barsa»ga o'tishi kerak? Italiyalik ekspert asosiy sababni aytdi

Italiyalik jurnalist Juzeppe Pastore Kataloniyaning «Barselona» klubini Rafael Leau uchun ideal jamoa deb hisoblaydi.
«Menimcha, «Barselona»ning o'yin uslubini inobatga olsak, bu klub Leau uchun ayni muddao. U erda uning zimmasiga himoyalanish vazifalari yuklanmaydi, chunki «Barselona» uchun himoya birinchi darajali maqsad emas. Men bunday variantga qiziqish bilan qaragan bo'lardim», — deya Juzeppe Pastorening so'zlarini keltirmoqda pianetamilan.it.
Eslatib o'tamiz, tomonlarning bir-biriga bo'lgan qiziqishi haqidagi mish-mishlar anchadan beri yuribdi. Italiyada esa Rafael Leau aynan «himoyalanishni yoqtirmasligi» uchun tez-tez tanqid qilinadi. Portugaliyalik futbolchi 2019 yildan beri «Milan» sharafini himoya qilib kelmoqda.