Nima? "Manchester Siti" Trentni qo'lga kiritmoqchi

Madridning "Real" klubi futbolchisi Trent Aleksandr-Arnold o'ng qanot himoyasi pozitsiyasi uchun kurashda Dani Karvaxalga imkoniyatni boy berdi va bu pozitsiyada ikkinchi tanlovga aylandi, deya xabar berdi Fichajes.
Manbaning yozishicha, agarda ingliz futbolchisi mavsumning birinchi yarmida o'yin amaliyotisiz qolib ketsa, uni "Manchester Siti" qishda o'z safiga qo'shib olishga harakat qiladi.
Transfermarkt 75 million evroga baholayotgan Trentning "qaymoqranglilar" bilan shartnomasi 2031 yil o'rtalariga qadar mo'ljallangan.