AEK bosh murabbiyi Marko Nikolich Konferentsiyalar ligasini tark etganidan so'ng, o'z jamoasi bilan faxrlanishini aytdi.

Kecha gretsiyalik futbolchilar chorak finalning ilk uchrashuvidagi mag'lubiyat uchun «Rayo Valekano»dan revansh olishlariga bir bahya qoldi. Safardagi 0:3 hisobidagi mag'lubiyatdan so'ng, AEK o'z maydonida ikkinchi bo'lim o'rtalariga kelib xuddi shunday hisobda oldinda borayotgan edi, biroq bitta gol o'tkazib yubordi va musobaqadagi ishtirokini to'xtatdi.

«Men futbolchilarimga ulardan juda faxrlanishimni aytdim. Nafaqat bugungi oqshom, balki bosib o'tilgan butun yo'limiz uchun. Bugun yigitlar ajoyib iroda ko'rsatishdi, ular maydonda g'alaba qozonishdi», — deya serbiyalik mutaxassisning so'zlarini keltiradi UEFA matbuot xizmati.

Nikolich jamoaga oxirigacha ishongan gretsiyalik muxlislarni alohida e'tirof etib o'tdi. Final yo'llanmasi uchun «Rayo» Frantsiyaning «Strasburg» klubiga qarshi bahs olib boradi.