Nikolas Otamendi Argentina terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi

Argentina terma jamoasi himoyachisi Nikolas Otamendi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali milliy jamoadagi faoliyatini yakunlaganini ma'lum qildi.
Avvalroq Argentina terma jamoasi 2026 yilgi jahon chempionati finalida qo'shimcha vaqtda Ispaniyaga 0:1 hisobida mag'lub bo'lgan edi.
«Agar men umrbod saqlab qoladigan bir narsa bo'lsa, bu — hech qachon ishonchini yo'qotmagan, oxirgi soniyagacha kurashgan va bu ranglarni butun qalbi bilan himoya qilgan ajoyib jamoa bilan birga bosib o'tgan yo'limdan faxrlanishdir», — deb yozdi Otamendi.
Nikolas Otamendi 2009 yildan buyon Argentina terma jamoasi safida to'p surdi.
U milliy jamoa bilan birga jahon chempionligini qo'lga kiritdi, ikki marta Amerika kubogida g'olib chiqdi hamda Finalissima bahsida ham zafar quchdi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar