Nikolas Jekson ortga qaytadigan bo'ldi

Nikolas Jeksonning "Bavariya"ga o'tishi bekor qilindi.
Avvalroq Myunxen klubi «Chelsi» hujumchisini 65 million evroga sotib olish optsiyasi bilan 15 million evroga ijaraga olishi haqida xabar berilgandi.
Biroq londonliklar endi “Bavariya”ni futbolchini qo'yib yubormasliklari haqida xabardor qilishdi. Ular senegallikdan Buyuk Britaniyaga qaytishni so'rashdi, deya xabar beradi The Athletic.
Bunday qaror Liam Delapning tizzasidan olgan jarohati tufayli qabul qilingan. "Chelsi" bosh murabbiyi Entso Mareska angliyalik futbolchi 6-8 haftani o'tkazib yuborishini aytdi.