Niko Uilyams - Yamalning hayot tarzi haqida: "Har kim o'z bilganicha yashaydi"

"Atletik" vingeri Niko Uilyams Lamin Yamalning futbol maydonidan tashqaridagi hayoti haqida fikr bildirdi.
"Har kim o'z bilganicha yashaydi. Menimcha, asosiysi professional bo'lib qolish va kerak bo'lganda doimo 100% kuch sarflashdir. Biz futbolchilar ham boshqalarga o'xshab ishdan chalg'ib, hayotdan zavq olishimiz kerak. Men fidoyilik va hurmat bor ekan, bunda hech qanday muammo ko'rmayapman," - deya Uilyamsning so'zlarini keltiradi The Touchline.