Niko Uilyams omadsizliklar girdobiga tushib qoldi

Bilbaoning "Atletik" klubi yulduzi Niko Uilyams yozda "Barselona" taklifini rad etib, jamoasi bilan 2035 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzolagan edi.
23 yoshli chap qanot vingeri uchun yangi mavsum yaxshi o'tmayapti. U mavsum boshidan buyon noqulayliklar bilan o'ynamoqda. Unda ham xuddi Lamin Yamal bilan bo'lganidek son suyagida (chov sohasida) muammolar bor.
Agar Niko jarrohlik stoliga yotadigan bo'lsa, 2-3 oyni o'tkazib yuboradi.
Uilyams bu mavsumda umumiy 8 ta o'yinda 530 daqiqa harakat qildi. U 1 ta gol urib, 2 ta assist amalga oshirdi.