Niko Uilyams: «Faoliyatimning yakunigacha «Atletik»da qolishga tayyorman»

Bilbaoning «Atletik» klubi va Ispaniya terma jamoasi vingeri Niko Uilyams o'zining kelajagi haqidagi savolga javob berdi.
O'tgan va undan oldingi yillarda futbolchining «Barselona» hamda boshqa top-klublarga o'tishi borasidagi xabarlar faol tarqalgan edi. Biroq Niko basklarga sodiq qoldi.
«Hozirning o'zidayoq faoliyatimning oxirigacha «Atletik»da qolish haqidagi hujjatga jon deb qo'l qo'ygan bo'lardim», — deya jurnalist Fabritsio Romano Uilyamsning so'zlarini keltirmoqda.
23 yoshli futbolchining qiymati Transfermarkt portali tomonidan 40 million evroga baholangan. Yakunlangan mavsumda Niko Bilbao jamoasi safida 32 ta uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta gol va 7 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.
Manba: Stadion.uz