Dortmundning «Borussiya» klubi bosh murabbiyi Niko Kovach jamoasi va «Atalanta»ning 1/8 finalga chiqish imkoniyatlarini o'zaro to'qnashuv oldidan teng deb baholadi.

U Italiya jamoasi 2024 yilda Jan Pero Gasperini qo'l ostida Evropa Ligasi g'olibi bo'lganini eslatib o'tdi.

«Bizda bo'sh hududlardan foydalanib, vaziyatlar yaratish uchun imkoniyatlar bo'ladi, biroq "Atalanta" — juda kuchli raqib. Menimcha, imkoniyatlar taxminan teng», — deya mutaxassisning so'zlarini keltiradi UEFA matbuot xizmati.

Shuningdek, u o'yinlar keskin o'tishini qo'shimcha qildi. Ilk uchrashuv 17 fevral kuni Dortmundda bo'lib o'tadi. O'yin Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da boshlanadi.

Javob bahsi esa 25 fevral kuni Bergamoda o'tkaziladi.