Niko Gonsales: "Men o'zim "Atletiko"ga o'tishni talab qildim"

Argentinalik vinger Niko Gonsales "Yuventus"dan "Atletiko"ga o'tgani haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Hammasi so'nggi lahzada sodir bo'ldi, bu erga kelishni o'zim talab qildim. "Atletiko" - bu ajoyib klub, men bu erda bo'lishni juda xohlaganman va juda hayajondaman. Men bu erda borimni bera olishimni bilaman va umid qilamanki, shunday bo'ladi", - deya Gonsalesning so'zlarini keltiradi jurnalist Nikola Skira.
O'tgan transferlar davrida "Atletiko" 27 yoshli Gonsalesni "Yuventus"dan ijaraga olgan edi. Aytish joizki, shartnomada ma'lum bir shartlar bajarilgan taqdirda, o'yinchini sotib olish imkoniyati ko'rsatilgan. "Matraschilar" safida vinger bir o'yinda maydonga tushdi va darhol gol urdi.