Nikimbaev JCh-2026 ning asosiy sensatsiyasini aytdi

Joriy Jahon chempionati — 2026 ning asosiy sensatsiyasi Kabo-Verde terma jamoasining ko'rsatayotgan natijalaridir. O'zbekiston futbol federatsiyasining sobiq xodimi Alisher Nikimbaev shunday fikr bildirdi.
«Kabo-Verde rahbariyati bilan shaxsiy suhbatlarimdan kelib chiqib ayta olamanki, ular hali turnir boshlanmasidan oldinoq guruhdan chiqishlariga ishonishgandi. Ehtimol, mana shu ishonch va yuqori kayfiyat o'z so'zini aytgandir», — deya ekspertning so'zlarini keltiradi Metaratings.ru.
Kabo-Verde terma jamoasi dunyo birinchiligining guruh bosqichida uch bor durang o'ynadi — Ispaniya (0:0), Urugvay (2:2) va Saudiya Arabistoni (0:0) bilan. Endi nimchorak finalda (1/16 final) orolliklar «J» guruhidagi uchta o'yinning barchasida umumiy 8:1 hisobida g'alaba qozongan Argentina terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar