«Manchester Siti» himoyachisi Abduqodir Husanov, nihoyat, klubning umumiy mashg'ulotlariga qaytdi.

O'zbekistonlik futbolchi bir oylik tanaffusdan so'ng bugun jamoa mashg'ulotida ishtirok etdi. Klub matbuot xizmati Husanovning mashg'ulotda tushgan suratini ijtimoiy tarmoq orqali e'lon qildi.

Abduqodir qachon maydonga tushishini "Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola hal qiladi.

Manba: stadion.uz
FIKRLAR

Kommentariyalar

0 ta fikr
Hozircha kommentariya yo‘q. Birinchi bo‘lib fikr bildiring.