Niderlandiyaliklar to'qnashuvi "Tottenxem" a'zosiga qimmatga tushdi

Premer-liganing "Tottenxem" va "Liverpul" o'rtasidagi o'yini davom etmoqda.
33-daqiqada mezbon jamoa 10 kishi bo'lib qoldi.
Videoyordamchi hakamning ishorasidan so'ng Jon Bruks takroriy lavhani ko'rib chiqdi va Xavi Simonsga qizil kartochka ko'rsatdi.
Simons Virjil van Deykka qarshi qo'pollik qilgani uchun jazolandi.