Niderlandiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Gregori van der Vil ijtimoiy tarmoqlarda o'z faoliyati haqida fikr bildirdi.

"Futbol – bu qamoqxona! Men 16 ta sovrin yutganman va hech narsa his qilmadim. Na quvonch, na mag'rurlik, na engillik.

Qattiq nazorat ostida bo'lganman. Hech qanday haqiqiy his-tuyg'ularsiz harakat qilayotgan robotga o'xshardim", – dedi van der Vil.