Mashhur niderlandiyalik sobiq futbolchi Rafael van der Vart Londonning "Arsenal" jamoasining kuchini baholadi.

"To'pchilar" Premer-ligada etakchilik qilmoqda, ammo ularning "Manchester Siti"dan ustunligi ikki ochkoga qisqardi.

"Men Ueyn Runining fikriga qo'shilaman - "Arsenal"da bitta ham jahon darajasidagi o'yinchi yo'q. Ularda yulduz o'yinchilar bo'lishi mumkin, juda yaxshi o'yinchilar, lekin ularning hech biri jahon darajasida emas.

Shunchaki yaxshi o'ynashning o'zi etarli emas - sizga to'g'ri mentalitet kerak", — dedi sobiq futbolchi.