Niderlandiyalik hujumchi "Chelsi"ga o'tish uchun juda ko'p takliflarni rad etgan

"Strasburg" markaziy hujumchisi Emmanuel Emega kelasi yozda "Chelsi"ga o'tishi aniq bo'lib ulgurdi.
Frantsuz klubi prezidenti Mark Keller forvard London klubiga o'tishi uchun Angliya, Italiya va Germaniyadan 10 ga yaqin taklifni rad etgan.
Bo'yi 1,96 sm bo'lgan 22 yoshli niderlandiyalik hujumchi Transfermarkt portalida 25 million evroga baholangan. U frantsuz klubi uchun 64 ta o'yinda 26 ta gol urib, 5 ta assist amalga oshirgan.