Niderlandiya va Polsha jahon chempionati saralashida durang o'ynadi

Niderlandiya va Polsha terma jamoalari JCh-2026 saralashi guruh o'yinida durang o'ynadi - 1:1. O'yin Varshavada bo'lib o'tdi.
Mezbonlarning goliga Yakub Kaminski mualliflik qildi. Mehmonlardan Memfis Depay o'z nomini tabloga yozdirib qo'ydi.
Niderlandiya 7 turdan keyin 17 ochko jamg'arib, G guruhi jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Keyingi o'rinlarda Finlyandiya (10), Malta (5) va Litva (3).