Niderlandiya va Marokash o'rtasidagi bahsda kimning imkoniyati yuqori?

Seshanba kuni, 30 iyun sanasida futbol bo'yicha Jahon chempionatining 1/16 finali doirasida Niderlandiya va Marokash milliy terma jamoalari o'zaro to'qnash kelishadi. Uchrashuv startini bildiruvchi hushtak Toshkent vaqti bilan tonggi soat 06:00 da chalinadi.
Tahlilchilarning prognoz qilishicha, Niderlandiya terma jamoasining asosiy vaqtda g'alaba qozonish ehtimoli 42,3% ni tashkil etmoqda. Marokash terma jamoasining zafar quchishi esa 26,9% imkoniyat bilan baholangan bo'lsa, uchrashuvning asosiy vaqti durang bilan tugashi ehtimoli 30,8% ga teng.
JCh-2026 musobaqasining keyingi — 1/8 final bosqichiga yo'l olish borasida Niderlandiya terma jamoasining imkoniyati 59,2% ni, Marokash terma jamoasining keyingi bosqichda paydo bo'lish ehtimoli esa 40,8% ni tashkil qilmoqda.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar